19:08 / 31.05.2022
12527

Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Turkiyani o‘zaro munosabatlarni keskinlashtirmaslikka chaqirdi

Nikos Dendiasning so‘zlariga ko‘ra, "Turkiya Gretsiyaga tahdid qilmoqda". 

Foto: AP

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Anqaraga tahqirlashni bas qilish va munosabatlarni keskinlashtirmaslikni tavsiya qildi. 

"Men Turkiyaning Gretsiya BMTga yo‘llagan maktubdan (Anqaraning Gretsiya orollarini demilitarizatsiya qilish to‘g‘risidagi talabi bo‘yicha) g‘azablanganini tushunaman. Biz Turkiyaning barcha e’tirozlariga ishonchli va yuridik asoslangan holda javob qaytarganmiz. Ammo Turkiya tomoni tahqirlashlardan qochishi, munosabatlarni keskinlashtirmasligi kerak deb o‘ylayman. Bu hech narsa bermaydi", dedi Dendias.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Turkiya Gretsiyaga tahdid qilmoqda".

25 may kuni Gretsiyaning BMTdagi doimiy vakili Mariya Teofili 2021 yil 30 sentabrda Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili tashkilot bosh kotibiga yo‘llagan maktubga javob maktubini topshirgandi. Manbalarning bildirishicha, maktubda Turkiyaning barcha e’tirozlari yuridik, tarixiy va fakt jihatidan asossizligi ta’kidlangan.

31 may kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Gretsiyani Egey dengizidagi orollarning demilitarizatsiya maqomini buzishda aybladi.

"Gretsiya orollarning maqomini buzdi, ularni demilitarizatsiya qilish kerak. Aks holda orollarning kimga tegishliligi to‘g‘risidagi savol kun tartibiga chiqadi", - dedi u.

Mavzuga oid
Top