O‘zbekiston | 13:15 / 20.06.2022
15657
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev prezidentning ayrim vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, hukumatni shakllantirish va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha tegishli qoidalarni asosiy qonunda belgilash zarur. 

“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarini tayinlash bo‘yicha farmon Senat tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etishni taklif etaman”, dedi prezident.

Ta’kidlanishicha, hukumat tomonidan tayyorlangan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yillik milliy ma’ruzani muhokama qilish masalasini parlament vakolatiga kiritish lozim.

Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarining konstitutsiyaviy asoslarini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak.

“Shu maqsadda men Prezidentning ayrim vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif etaman. Misol uchun, Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolatini Senatga o‘tkazish maqsadga muvofiq. 

Bu orqali Hisob palatasi Davlat budjeti shakllanishi va ijrosini ta’minlashda parlament nazoratining muhim vositasiga aylanadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid