NATO Rossiya bilan ziddiyatga tayyorgarlik ko‘rishni 2014 yilda boshlagan - Stoltenberg
Avvalroq NATO mamlakatlari rahbarlari Shvetsiya va Finlandiyani alyansga a’zo bo‘lishga taklif qilish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilgandi.
NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rishni 2014 yilda boshlagan, dedi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
«NATO bunga allaqachon tayyorlangandi, Rossiya xavfli ekanligini 24 fevralda bilganimiz yo‘q. Haqiqat shundaki, biz bunga 2014 yildan buyon tayyorgarlik ko‘rgandik. Shuning uchun alyans sharqida harbiylarimiz sonini oshirdik va NATO mudofaaga ko‘proq pul sarflay boshladi»,— dedi u alyans sammitida.
NATO sammiti 28 iyundan 30 iyungacha Madridda bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq NATO mamlakatlari rahbarlari Shvetsiya va Finlandiyani alyansga a’zo bo‘lishga taklif qilish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilgandi.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024