O‘zbekiston | 07:42 / 12.07.2022
30180
2 daqiqa o‘qiladi
2022/2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi
2022/2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi. Davlat test markazi tegishli axborot bilan chiqdi.
Markaz xabariga ko‘ra, my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 532 035 nafarni tashkil qildi.
Shundan: ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 372 044 nafar; ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 159 991 nafar. Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 344 810 nafar.
Shundan: 185 057 nafari — joriy yil bitiruvchilari; 159 753 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
- Samarqand viloyati — 45 907 nafar;
- Toshkent viloyati — 41 268 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 39 237 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 35 746 nafar;
- Andijon viloyati — 29 291 nafar;
- Toshkent shahri — 27 729 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 27 475 nafar;
- Namangan viloyati — 23 184 nafar;
- Buxoro viloyati — 22 129 nafar;
- Jizzax viloyati — 19 756 nafar;
- Xorazm viloyati — 18 800 nafar;
- Navoiy viloyati — 16 790 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 14 272 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 460 nafar.
Mavzuga oid
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
14:00 / 09.08.2024
“Test tuziladigan adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilish agentlikning vazifasi emas” - BMBA
19:47 / 24.07.2024
Yangi tartib bo‘yicha tushuntirish – test balli aniq bo‘lgan abituriyent nimalarni tanlaydi?
17:35 / 14.07.2024