23:22 / 16.07.2022
22406

Ukraina mudofaa vazirligi vakili Qrimdagi nishonlarga HIMARS raketalari bilan zarba berilishi mumkinligini bildirdi

Foto: delo.ua

Ukraina Amerikaning HIMARS yalpi o‘t ochish raketa tizimlaridan Rossiyaning Qrimdagi obektlariga zarba berishda foydalanishi mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yarimorol «Rossiya texnikasi, o‘q-dori va qurol-yarog‘lari Ukrainaga olib o‘tiladigan habga aylanib qoldi», Qora dengiz floti akvatoriyasidan esa Ukraina hududiga raketa zarbalari berilmoqda. 

«Bular, birinchi navbatda, «Kalibr» tizimlari, fregatlar, kichik raketa kemalari, suvosti kemalari bo‘lib, buyruqni kutmoqda, keyin esa kunning istalgan vaqtida zarba bermoqda», — dedi u. 

Mudofaa vazirligi vakili ularni «mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun» Kiyevning asosiy nishonlari deb atadi. 

Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov G‘arb tomonidan berilgan yuqori aniqlikdagi qurollardan Rossiya hududidagi obektlarga zarba berishda foydalanilmasligini aytgandi

Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, u Pentagon rahbariga yo‘llagan maktubida Amerika qurolidan dushmanni «tutib turish» va Ukraina hududini «deokkupatsiya qilish» uchun foydalanishga va’da bergan. 

AQSh iyun boshlarida Ukrainaga HIMARS yalpi o‘t ochish tizimlari taqdim etilishini bildirgandi. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti ofisi bu quroldan Rossiyadagi obektlarga zarba berishda foydalanish rejalashtirilmaganini ta’kidladi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top