RF mudofaa vazirligining 30 iyun kungi brifingida Rossiya qöşini Donetsk oblastidagi ikkita aholi yaşaş manzilini egallagani haqida xabar qilindi.
Vazirlik bayonotiga köra, «Markaz» qöşinlar guruhi bölinmalari Novooleksandrivka posyolkasini, «Janubiy» qöşinlar guruhi bölinmalari esa — Spirne posyolkasini nazoratiga olgan.
Ukraina bu bayonot yuzasidan munosabat bildirmadi. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabining ertalabki hisobotida Novooleksandrivka uçun janglar davom etayotgani ma’lum qilingan, Spirne haqida eslab ötilmagan. RF mudofaa vazirligi brifingidan keyin Ukraina QK boş ştabi Spirne hududida janglar davom etayotgani haqida xabar berdi, şu bilan birga ştab hisobotida Novooleksandrivka tilga olinmagan.
Ukrainlarning mamlakat mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan DeepState OSINT-proyekti keltirgan xaritalarga köra, Rossiya qöşini Novooleksandrivkani egallagan.

Şu bilan birga, xaritada Spirnening bir qismi ukrain qöşini tomonidan nazorat qilayotgani körsatilgan.

Novooleksandrivka Donetsk oblasti Pokrovsk rayonida, Spirne — Baxmut rayoni Soledar şahar okrugi hududida joylaşgan.









