O‘zbekiston | 16:56 / 19.07.2022
14288
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosarlaridan biri ishdan ketdi

Bobur Abdinazarov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident administratsiyasiga yaqin manba hisoblangan «Nigoh» kanali xabar berdi.

Bobur Qalandarovich Abdinazarov 2007 yildan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida turli lavozimlarni ishlagan.

U 2020 yil martida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.