Kun.uz manbasiga köra, Akmalxon Jöraxonoviç Ortiqov vazirning birinçi örinbosari lavozimida iş boşlaydi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda işlagan. 

Akmal Ortiqov

Akmal Ortiqov 1980 yilda tuğilgan, Toşkent davlat iqtisodiyot institutini tamomlagan. 2001 yildan 2013 yilgaça moliya vazirligi tarkibida turli lavozimlarda işlagan. 2013-2015 yillarda Namangan viloyati moliya boşqarmasiga, 2015-2017 yillarda Farğona viloyatlariga rahbarlik qilgan. 2017 yillarda Namangan viloyati hokimining birinçi örinbosari bölib işlagan.

2017-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantiriş va aholini turmuş darajasini oşiriş masalalari böyiça örinbosari. 2018-2019 yilgaça Farğona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

Bobur Qalandaroviç Abdinazarov Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bobur Abdinazarov

Bobur Abdinazarov 1983 yilda Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida tuğilgan, ma'lumoti oliy. 2003 yilda Toşkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Şuningdek, Yaponiya Xalqaro universitetida tahsil olgan. 

U 2007 yildan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan. 2007-2010 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boşqarmasi Xöjalik hisobidagi korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti bölimi boş iqtisodçisi, 2010- 2014 yillarda Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boşqarmasi Xöjalik yurituvçi sub'yektlar buxgalteriya hisobi uslubiyoti bölimi boş iqtisodçisi va bölim boşliği örinbosari lavozimida işlagan. 2017-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agrosanoat majmui moliyasi boşqarmasining Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini iqtisodiy tahlil qiliş hamda qişloq va suv xöjaligi moliyasi bölimiga rahbarlik qilgan. 

2018-2019 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilği-energetika majmui va geologiyani rivojlantiriş moliyasi va tarifni tartibga soliş boş boşqarma boşliğining birinçi örinbosari va boşqarma boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Moliya vazirligi Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qiliş departamenti direktori lavozimida işlagan.