07:24 / 22.08.2022
25281

Qamchiqda «Isuzu» va 2 ta «Lasetti» ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan avtohalokat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Foto: Namangan viloyati IIB

2022 yil 20 avgust kuni soat 01:45 larda, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘li 223-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

“Isuzu” rusumli avtomobilni Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z oldida harakatlanib ketayotgan 2 ta “Lasetti” avtomashinalari bilan to‘qnashib, yo‘l har ikkala qismini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. 

Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan. “Isuzu” avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan JK 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top