Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashdi
Yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab yo‘lovchi tushirayotgan avtobusning orqa tomonidan kelib urgan. Oqibatda avtobus ag‘darilib ketgan.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yuk avtomobili va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 28 iyun kuni soat 12:30 larda yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, M-34 avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumanidan o‘tuvchi, Termiz-Toshkent yo‘nalishida Isuzu yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonida yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘xtab turgan Isuzu avtobusining orqa qismidan kelib urgan. O‘sha paytda avtobus ichida 14 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Oqibatda, avtobus ag‘darilib ketgan va salonida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi jarohat olib, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan tezlikni oshirmay oraliq masofani saqlashlarini hamda charchoq va uyqu kelganida avtomashinani boshqarmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026