Samarqand viloyati Jomboy tumanida uçta maşina iştirokida YTH sodir bölgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça hodisa 2024 yil 26 iyun kuni tunda yuz bergan.
Şu kuni soat 22:30 larda M-39 Toşkent-Termiz avtomobil yölining Jomboy tumani "Beşbola" MFY hududidan ötuvçi qismida qayrilib oliş uçun töxtab turgan Nexia’ning orqasidan özi bilan bir yönalişda kelayotgan MAN yuk maşinasi urib yuborgan.
Şundan söng Nexia qarama-qarşi yönalişda kelayotgan GAZ-60 maşinasi bilan töqnaşgan. Uni urib yuborgan MAN esa yöl örtasidagi tösiqqa urilgan va yuk maşinasida yonğin sodir bölgan.
Hodisa oqibatida MAN yuk maşinasi yonib ketgan. FVB xodimlari yonğinni öçirişgan. Şuningdek, Nexia va GAZ-60 maşinalari ham jiddiy şikastlangan.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Hozirda holat yuzasidan Jomboy tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan yöllarda tezlikni me’yoridan oşirmasdan yöl harakati qoidalariga amal qilgan holda avtomaşinasini boşqarişlarini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.

















