O‘zbekiston | 12:15 / 07.09.2022
7366
1 daqiqa o‘qiladi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 6 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy quvvati 1254 MVt bo‘lgan oltita yangi elektr stansiya – beshta issiqlik elektr stansiyasi (IES) va bitta quyosh fotoelektr stansiya (QFES) ishga tushirildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:
- Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi gaz porshenli IES — 270 MVt;
- Toshkent viloyati Qibray tumanidagi bug‘-gaz qurilmasi — 240 MVt;
- Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi IES —174 MVt;
- Toshkent viloyati Qibray tumanidagi gaz porshenli IES — 230 MVt;
- Toshkent viloyati Qibray tumanidagi zamonaviy IES — 240 MVt;
- Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi — 100 MVt.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida ham yangi elektr stansiyani qurish ishlari boshlanadi.
Mavzuga oid
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:35 / 04.09.2024
Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi
16:01 / 31.08.2024
Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan qancha elektr ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
07:26 / 23.08.2024