“S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N. xo‘jalikka tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosini tarmoqqa o‘rnatilgan hisobga olish uskunasini ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi ta’sir ko‘rsatib, ulab olgan.
Buning natijasida jami 1 milliard 395 million so‘mlik 622,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.















