O‘zbekistonga 8 oyda 1,9 mln dona telefon import qilingan.
O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan.
O‘zbekiston 8 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 1,4 mln dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- BAA – 239 ming dona;
- Vetnam – 148 ming dona;
- Hindiston – 127 ming dona;
- Qozog‘iston – 25 ming dona;
- Koreya – 2,1 ming dona.