Xitoyda har bir yoş toifasiga mos tarzda bolalarning ekranga qaraş vaqti çeklangan. Britaniyalik olimlarning örganişlariga köra, bu çeklovlarning natijasi ijobiy.
Xitoy çeklovlariga köra, 8 yoşdan kiçik bolalar kuniga uzoği 40 daqiqa davomida videokontent körişi mumkin. Bu kontent boşlanğiç ta’lim, qiziqişlar, mustaqil san’at ta’limiga oid bölişi kerak. 8 yoşdan kattaroq bolalarga kuniga 60 daqiqadan köp videoga qaraş mumkinmas. Bu yoşdan ularga nazorat ostida köngiloçar kontent körişiga ruxsat beriladi. Kompyuter öyinlarini esa haftasiga 3 soatdan köp öynaş mumkin emas.
Bundan taşqari, kompyuter öyinlari işlab çiquvçilar yoş omilini e’tiborga olişi, öqituvçilarning bolalarga beradigan uyga vazifalari kamaytirilgan edi. Natijada, Xitoyda bolalarning zerikarli ötadigan vaqti va harakatsiz tarzdagi maşğulotlari qisqardi.
Tadqiqotlarga köra, çeklovlar bilan bolalarning harakatsiz maşğulotlari 13,8 foizga kamaygan. Bu – şahar hududida yaşovçi bolalar uçun bir kunda 45 daqiqa harakatsiz bölib ötiriş mumkin bölgan vaqt hisoblanadi.
Bunday xulosaga keliş uçun tadqiqotçilar 9 yoşdan 18 yoşgaça bölgan 7 ming nafar yuqori sinf öquvçilarining ma’lumotlarini örganişgan. Ma’lumotlar ekranga qaraş vaqtiga çeklov qöyilişidan oldingi va keyingi muddat: 2020 va 2021 yillarga tegişli.
Çeklovlar sabab bolalarning ekran vaqti örtaça 10 foizga kamaygan, bu taxminan 10 daqiqa atrofidagi vaqtga töğri keladi.
JSST 5-17 yoşdagi bolalar va ösmirlar uçun jismoniy faollikning muhimligini qayd etgan. Ular har kuni kamida 60 daqiqa örtaça intensivlikdagi jismoniy harakat bilan şuğullanişi kerak. Bolalarga uzoq muddat bir joyda ötiriş kabi harakatsizlik mumkin emas.












