Jahon | 13:32 / 03.10.2022
48710
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya elchixonasi migrantlar safarbarlikka jalb etilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Foto: uzbekistan.mid.ru

Ijtimoiy tarmoqlarda chet el fuqarolari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlarining Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqida ma’lumot tarqaldi.

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yuqoridagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Rossiya IIVning soxta buyrug‘iga tayanib, tegishli shaxslar Rossiyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qisman safarbar etilishi haqidagi soxta xabarlarni tarqatishmoqda. Agar ular shartnoma tuzishdan bosh torsalar, go‘yoki ishlashga ruxsatnomalari bekor qilinishi va deportatsiya qilinishi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot bor», — deyiladi xabarda.

Diplomatlar Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni turli provokatsiyalarga berilmaslikka, faqat rasmiy ma’lumotlarga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Mavzuga oid