O‘zbekiston | 09:00 / 03.10.2022
7991
3 daqiqa o‘qiladi

Sino professional medical – sifat va sihat markazi

Sino professional medical klinikasi  yurak kon tomir kasalliklari diagnostikasi va yurak kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda yuqori texnologiyali zamonaviy jihozlar yordamida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Inson salomatligini o‘zlarining yuqori maqsadlari deb bilgan klinika jamoasi bemorlar hayoti uchun o‘qib-o‘rganishdan va izlanishdan to‘xtamaydi. O‘z tajribalarini jahonning yetakchi klinikalari orqali oshirayotgan malakali mutaxassislardan yurak xastaliklari bilan bog‘liq turli yo‘nalishdagi muolajalarni olish ko‘plab turli yoshdagi bemorlarning sog‘lom hayotga qaytishlariga sabab bo‘lmoqda.

Klinikada yurak tug‘ma nuqsonlaridan:

  • aorta anevrizmasi;
  • yurak klapanlari patologiyalari;
  • magistral qon-tomir kasalliklari;
  • oyoq venalarining varikoz kasalliklari bo‘yicha davolanish va sihat topish imkoniyati bor.

Markaz yuqori sezgir noinvaziv diagnostika usullaridan EXOKG, EKG, xolter monitori, uyqu arteriyalarining  dopplerografiyasi, raqamli rentgengrafiyasi, parenximatoz a’zolarning UTT diagnostikasi, keng spektrli kon laboratoriyasi tahlillari diagnostika arsenaliga ega. Bu yerda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgan.

Sino professional medical klinikasida Intensiv terapiya va reanimatsiya bo‘limlari ham eng oxirgi texnologiyaga asosan yaratilgan asbob uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, jumladan universal sun’iy nafas olish apparatlari, invaziv  kardiomonitorlar bemorlarga xizmat ko‘rsatadi.

So‘nggi rusumdagi uskunalar ularni maqsadli ishlata oladigan mutaxassislar bilan yanayam samarali. Markazda O‘zbekistondagi o‘z sohasining ustalari, yetuk shifokorlar va xorijlik mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Sino professional medical klinikasi O‘zbekistonda yurak xastaliklaridan aziyat chekayotgan bolalar va kattalar uchun madad markazidir.

Sino professional medical - yuragingizni bizga ishoning!

Manzil : Toshkent shahri, Sergeli tumani , Choshtepa ko‘chasi 410 – uy.

Mo‘ljal : yangi metro yunalishida 1- metro bekatidan Zangiota ziyoratgohi yo‘nalishida Erkin market , Makro savdo majmuasi.

Telefon: +99871 287 68 73 , +99895 513 70 71

Reklama huquqi asosida