O‘zbekiston | 19:00 / 06.10.2022
13354
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qozog‘istonning gazobeton ishlab chiqaruvchi “Ecoton Sharq” zavodi ochildi

Foto: Ecoton Sharq

Joriy yilning 29 sentabr kuni Qozog‘istonning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Ecoton” kompaniyasi O‘zbekistonda gazobeton ishlab chiqariladigan “Ecoton Sharq” zavodini ochdi.

O‘zbekiston poytaxtidan 80 km uzoqlikda joylashgan Toshkent viloyatining Angren shahrida “Ecoton Sharq” gazobeton ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi. Loyihaga 12 million AQSh dollari (115 milliard so‘m) sarmoya kiritilgan bo‘lib, yangi zavod 300 ming kubometr ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yiliga 5000 taga yaqin uylar qurilishini ta’minlaydi.

Zavodning ochilish marosimida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi mutasaddilari, ikki davlatning yirik qurilish kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Ecoton Sharq

“Ecoton” kompaniyalar guruhi rahbari Baurjan Baymuxonov zavodning ochilishi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari qurilish bozorida ekologik toza qurilish materiallariga bo‘lgan talabni qondirishini ta’kidladi. Zavodning ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar ishlab chiqarish maydonlarida bo‘lib, qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi, shuningdek, gazobeton bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foto: Ecoton Sharq

Eslatib o‘tamiz, Angrendagi zavod Ecoton uchun oltinchi zavod bo‘lib, bugungi kunda kompaniya Qozog‘istonning Aqto‘be, Ostona, Qandiagash va Alg‘a shaharlarida ham sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Qozog‘istondagi “Ecoton” kompaniyasiga qarashli gazobeton ishlab chiqarish zavodlarining ishlab chiqarish quvvati yiliga 550 ming kub metrni tashkil qiladi. Bu yiliga 1 million kvadrat metr hajmdagi uy-joy qurilishini ta’minlaydi.

Foto: Ecoton Sharq

" Ecoton +" OAJ zavodi Qozog‘istonning qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion va texnologik rivojlanish dasturi doirasida amalga oshirildi, bu esa qurilish bozoridagi eng yuqori talablarga javob berish imkonini beradi. Bugungi kunda korxona mahsulotlari yuqori sifatli qurilish materiallarining milliy brendi hisoblanadi.

Gazobeton ishlab chiqarish uchun zavod faqat ekologik toza, sertifikatlangan mineral materiallardan foydalanadi. Bundan tashqari, materialning afzalligi, masalan, g‘isht yoki yog‘och bilan solishtirganda yanada jozibador bo‘lgan narxlardadir. Uy-joy, sanoat binolari va boshqa imoratlar qurilishida gazobeton bloklari qo‘llanadi.

Sotuv bo‘limi: Toshkent shahri, Parkent ko‘chasi 182.

Zavod manzili: Toshkent viloyati, Angren shahri, "Grum" MFY, 32-uy.

Telefon: +998 78 113 13 88, +998 95 002 60 06

Reklama