O‘zbekiston | 19:00 / 08.10.2022
12284
3 daqiqa o‘qiladi

Rivera savdo markazi tug‘ilgan kun munosabati bilan sovg‘a tarqatmoqda!

Savdo-ko‘ngilochar majmuasining jamoasi “Rivera’ning tug‘ilgan kuni sharafiga 1000 ta sovg‘a” aksiyasini joriy qildi.

Foto: Rivera

O‘yin shartlari juda oddiy. Atriumda promo stend o‘rnatiladi, unda promouterlar mehmonlarni kutishadi. Mehmonlar Rivera savdo markazida 700 000 so‘mlik tovarlar xarid qilingan cheklarini taqdim etishlari kerak bo‘ladi, bazadan ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng mehmonlar maxsus muhr olishadi va u orqali lototrondan kafolatlangan sovg‘ani olish huquqiga ega bo‘lishadi. Agar siz biron narsani xarid qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz va xaridingizni uzoq vaqtdan beri qoldirayotgan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti.

Promouterlar 9 oktyabrdan boshlab sovg‘alar tarqatishni boshlashadi, aksiya 30 oktyabrgacha davom etadi.

Lekin shuni unutmaslik joizki, tug‘ilgan kun nafaqat sovg‘alar, balki birinchi navbatda bu bayram tuyg‘usidir. Rivera o‘yin-kulgi haqida ham g‘amxo‘rlik qilib qo‘ydi: savdo markaziga tashrif buyuruvchilar uchun eng mashhur, yorqin va eng muhimi iste’dodli mehmonlar chiqish qilishadi.

Jasur Mirsagatov & Sultan band – Toshkentning mashhur ijodiy jamoasi. Jasur Mirsagatov – bolaligidan sahnaga chiquvchi professional musiqachi. U ham mashhur musiqalarni ijro etadi, ham doimiy ravishda turli janrlar bilan tajriba o‘tkazadi. U bilan zerikish nimaligi unutiladi.

Taniqli DJ Baga mehmonlarni zamonaviy musiqalar bilan xushnud etadi, kechani Abduaziz Egamberdiyev olib boradi.

Bu, albatta, hammasi emas. Rivera yana bir syurpriz tayyorlagan: har bir tashrif buyuruvchi reklama videosini suratga olish jarayonida ishtirok etishi mumkin. Taklif etilgan GoUz blogerlari o‘zingizni yangi sohada sinab ko‘rishingizga yordam berishadi.

Original janrdagi animatorlar va DJ'lar keng ko‘lamli raqs fleshmobini o‘tkazadilar - kontent sifati haqida tashvishlanishingiz shart emas. Mehmonlar o‘zlarini reklamada o‘sha kuni ko‘rishlari mumkin, muharrirlar videoni katta Rivera ekranida ko‘rsatish uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rishgan.

Balki ekran yulduzi bo‘lish kimningdir taqdiri bo‘lsa-da, u hali ham bundan bexabardir? Har holda, buni tekshirib ko‘rish mumkin.

Kafolatlangan sovg‘alar, raqslar, o‘z sohasi mutaxassislari va Toshkentdagi eng yaxshi DJ’lar tomonidan ijro etilgan musiqalar – bularning barchasi 9 oktyabr kuni Nodira ko‘chasi, 4 uy manzilida joylashgan Rivera savdo markaziga tashrif buyuruvchilarni kutmoqda. Yutuqli lotereyada oy oxirigacha ishtirok etishingiz mumkin, savdo-ko‘ngilochar markazi promouterlari har kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha mehmonlarni qabul qiladi.

Reklama