O‘zbekiston | 09:25 / 10.10.2022
3400
2 daqiqa o‘qiladi

Masqat - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilyapti

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Ummondagi elchixonasida Salam Air aviakompaniyasi tijorat va xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori Mazin al-Salmaniy hamda uning tijorat bo‘yicha menejyerlari Kulsum al-Balushiya va Xolid al-Riyamiylar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Mazin al-Salmaniy aviakompaniya tomonidan Masqat-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha avvaliga charter, so‘ngra doimiy parvozlarni (taxminan joriy yil noyabr oyidan boshlab) amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi paytda parvozlarni boshlash uchun barcha sharoitlar yetarli bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kuchga kirgan bitim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

2020 yil 11 maydan e’tiboran O‘zbekiston hukumati va Ummon hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgan. Kelishuvlarga muvofiq, Salam Air aviakompaniyasi Ummon tomonidan havo qatnovi tashuvchisi hisoblanadi.

Mavzuga oid