Isroilning Channel-12 telekanali xabariga köra, köplab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni töxtatgani uçun 150 mingga yaqin isroillik öz yurtiga qaytib kela olmayapti.
Isroilga qarşi Eron, Livanning «Hizbulloh» va Falastinning HAMAS harakati tomonidan javob hujumi ehtimoli köplab aviakompaniyalarni Isroilga parvoz qilişni töxtatiş qaroriga olib keldi. Bundan mamlakat taşqarisidagi Isroil fuqarolari ham aziyat çekdi.
Channel-12 öz veb-saytida xabar berişiça, köplab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni bekor qilgan, buning natijasida 150 mingga yaqin isroillik mamlakatga qaytib kela olmayapti.
Keça KAN Isroil davlat televideniyesi xabariga köra, mamlakatga qayta olmagan 4000 ga yaqin isroillik Tel-Avivdagi Taşqi işlar vazirligiga murojaat qilib, ularni Isroilga qaytarişni söragan.
Yaqin Şarqdagi keskinlik tufayli 15 ta xalqaro aviakompaniya Tel-Avivga parvozlarni vaqtinça yoki noma’lum muddatga töxtatdi.












