11:49 / 27.10.2022
2697

Yaponiya O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirishda yangi texnologiyalarni joriy etmoqchi

Yaponiyaning Toyota Tsusho Corporation va «O‘zbektelekom» AK o‘rtasida umumiy qiymati 150 million dollardan ziyod miqdoridagi shartnoma imzolandi.

Foto: Dunyo

AKT haftaligi doirasida vazir Sherzod Shermatov Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi Global strategiyalar byurosi yuosh direktori o‘rinbosari Yukio Teramura hamda Yaponiyaning Toyota Tsusho Corporation, NEC va IIJ kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, sheriklik yangi yo‘nalishlari hamda AKT sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida Toyota Tsusho Corporation hamda «O‘zbektelekom» AK o‘rtasida umumiy qiymati 150 million dollardan ortiq miqdoridagi shartnoma imzolandi.

Yaponiya tomoni IT sohasini rivojlantirishda yangi texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish, kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Tomonlar kelgusida nafaqat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, balki bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, bir qancha ishchi o‘rinlari yaratilishini ko‘zda tutuvchi IT xizmatlar autsorsingi – BPO xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishida yapon kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvga erishdi.

Top