Ozoda Möminova faoliyatini IT sohasi bilan boğlagan. Xususan, hozirda u “Swift launch” biznes dasturida loyiha rahbari hisoblanadi. Sohaga qiziqiş esa Ozodada 15 yoşidan boşlagan, turli dasturlarda volontyorlik qilgan. “Mikrofon qizlarda” loyihasida Ozoda Möminova bu yutuqlarga erişiş uçun qanday yöllarni bosib ötgani haqida gapirib berdi.

Ixtisoslaştirilgan maktabda fanga mehr qöyganman

Törtinçi sinfni bitirgan paytimda dadam harakatçanligim uçun ixtisoslaştirilgan maktabga öqişga bergan. Maktabga sinov asosida olişgan, öqiş ança qiyin edi. Telefon işlatişga ruxsat berişmagan, haftada bir marta uyga borardik, öqituvçilarimiz bizni tölaligiça ilm-fan bilan band qilişgan. Maktab dasturidan taşqari ham “besseller” kitoblarni öqirdik, bu maktabdagi hayotim men uçun köp narsani örgatgan.

Boşida ota-onamni soğinib yiğlardim, qiynalganman. Keyinroq esa men yaxşi yölda ekanimni, qiyinçiliklarni yengib ötişim kerakligini tuşunib yetganman.

2020 yilda pandemiya paytida maktabimiz yopilib, öqişlar onlayn bölgandi. Öşanda uyda dars qila boşlagandim. Bu payti qölimda telefon va noutbugim bor edi. Maktabda qat’iy tartibga örganganim uçun ortiqça narsalarga çalğimasdim va faqat örganiş bilan maşğul bölganman.

Ixtisoslaştirilgan maktabda bir neça yil öqigaç, yana umumta’lim maktabiga qaytganman. Sababi men yaxşi körgan ustozlarim boşqa joyga işga ötib ketişgandi. Garçi umumta’lim maktabida bölsam-da, endi menda öz ustimda işlaş könikmasi bölgani uçun öqişda qiynalmaganman. Bu muddatda turli xalqaro öquv kurslarida öqidim.

“Ekologiya mavzusi menga qiziq edi”

Menga ilm-fan, ayniqsa, ekologiya mavzusi qiziq edi. Şuning uçun olimlar bilan intervyular taşkillaştiradigan platformalardan birida ularga savol tuzib beriş bilan ma’lum muddat şuğullanganman. Har bir mavzu doirasida töğri savollar tuza oliş uçun yetarliça örganiş kerak bölardi. Şu muddatda ekologiyaga oid köp narsa örganganman.

AyTiga kiriş

Bir sinfdoşim robototexnika böyiça yaxşigina mutaxassis edi. Kunlardan birida u maktabga özi yasagan robotini olib kelib maqtangan. Tabiiyki, menga bu unça yoqmagan, sababi sinfda eng bilimli siz bölib tursangiz, boşqa odam özingizdan ötib ketişini xohlamaysiz. Men ham şu sohani örganaman degandim öşanda. Lekin bu – yaxşi ma’nodagi raqobat.

Robototexnika böyiça izlanib körganimda AyTiga oid ma’lumotlar çiqib kelgan va dasturlaşni örganiş kerakligini tuşunib, özimga turli muddatlar belgilab olib, örganişni boşlaganman. Bir muddat dasturlaş, keyinroq esa blokçeyn yönalişida ham işlab kördim.

Hozirgi paytda Swift launch kompaniyasida loyiha menejeri bölib işlayapman.

Dasturlaşga kirib kelgaç, turli xakatonlarda qatnaşdim. Xakaton – 3 kunlik dasturda biror ğoyani ma’lum darajada realizatsiya qiliş talab etiladi.

Kislorod oliş loyihasi haqida

2022 yilda xalqaro "The New York Academy of Sciences" xakatonida qatnaşiş uçun tanlovdan ötib, turli davlatlardan qatnaşayotgan yoşlar iştirokida jamoa tuzgandim.

Öşa payti mening ğoyam asosida karbonat angidrid gazidan kislorod oliş formulasini işlab çiqib xakatonda taqdim etganmiz. Loyihamizni dunyoda taniqli va tajribali olimlarga taqdimot qilganmiz va u ijobiy qabul qilingan. Sababi bizning formulamiz Kembrij olimlarining amalda işlayotgan formulasidan 0,2 foiz tezroq işlaşi aniqlangandi.

Söng mana şu xakatonda bizga berilgan grant bilan Hindiston laboratoriyasida işlatib muvaffaqiyatli işlatib kördik. Hozir loyihamizni Kembrij olimlariga taqdim qilganmiz.

Ilm ortidan ham yaxşi daromad qilsa böladi

Hozirgi işlayotgan xalqaro loyihamda ming dollardan 3 minggaça, xalqaro darajadagi olimlar, tajribali mutaxassislar yillik 52-62 ming dollar daromad qilişadi. Hammasi qilinadigan mehnatga boğliq.

“AyTi qizlar uçun judayam mos”

Turmuşga çiqqan, uydan işlaşga variant izlayotgan xotin-qizlar “Uyda ötirib nima iş qiliş mumkin?” deb köp söraşadi. Men ular uçun dasturlaş juda ham mos ekanini aytaman. Uyda ötirib ham internetdan izlanib köp narsa örganiş mumkin. Keyinçalik ofis şaroitida işlaşsa ham, jismoniy mehnat bölmagani uçun ularga dasturlaş qulay ekanini aytaman.

Dunyo tanigan olima bölişni maqsad qilganman

Hozirgaça top 100 talikka kiruvçi bir neçta OTMga hujjat topşirib kördim va qabul qilindim. Buning bilan özimga bölgan işonçim oşdi. Lekin mening maqsadim – Massaçusets texnologiyalar instituti, Stenford universiteti kabi top 10 talikka qiruvçi OTMdan birida öqiş. Hozir mana şunga harakat qilyapman.

Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.

Montaj ustasi: Şerzod Egamberdiyev.