Jahon | 15:16 / 10.11.2022
23437
6 daqiqa o‘qiladi

Xersonga yurish qilayotgan ukrain harbiylari, Zelenskiyga «berilgan» «Oskar». Urush suratlari

Urushning 259-kunidan asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu qo‘shinlarni Xersondan olib ketishni buyurdi, rossiyaliklarning bo‘linmalari Dneprning chap sohiliga o‘tmoqda.
  • Ammo Ukraina Rossiya Xersonni jangsiz tashlab ketishiga ishonqiramayapti.
  • Bu voqealardan bir necha soat oldin Xerson oblastining qo‘g‘irchoq hukumati regionning annexia qilingan qismi rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov YTH oqibatida vafot etganini xabar qildi.
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov annexia qilingan Luhanskka keldi - mahalliy OAV vakillari bilan Kremlning «tajribalari»ni bo‘lishish uchun.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun besh shartni ilgari surdi: ular orasida — urush tufayli yetkazilgan barcha zararni qoplash va bosqin takrorlanmasligi uchun kafolat. Ammo Ukraina prezidenti avvalgidan farqli ravishda Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish imkonsiz ekanini aytib o‘tmadi.
  • Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 1000 ta «yer-havo» sinfidagi raketalarni yetkazib beradi.
  • Germaniya ham ukrainlar uchun navbatdagi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Bu 30 ta zirhli mashinalarni, shuningdek razvedkachi dronlar, harbiy shatakchilar va avval yetkazib berilgan zenit-raketa komplekslari uchun o‘q-dorilar.

Quyida 9 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukrainlarning Xerson oblastidagi yurishi

Xersondan 175 kilometr sharqda joylashgan Ivanovka qishlog‘i atrofida vayron bo‘lgan RF armiyasi harbiy texnikasi. Ukraina qurolli kuchlari Ivanovka ozod etilgani haqida iyul oyidayoq xabar berishgandi. 9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi Xersondagi qo‘shinlar olib ketilishini ma’lum qildi — shahar va oblastning bir qismi 2 mart kuni egallab olingan hamda sakkiz oy davomida istilo ostida bo‘ldi.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Osokorovka qishlog‘idagi egizak opa-singillar onasini quchoqlamoqda. Osokorovka Dnepr sohilida, Xersondan qariyb 160 kilometr shimoli-sharqda joylashgan va Ukraina qurolli kuchlari tomonidan aprel oyida ozod etilgandi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Arxangelskoye qishlog‘idagi ustunda vayron bo‘lgan bino minalangan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiruvchi yozuv. Arxangelskoye oktyabr oyi boshida Ukraina qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Xerson atrofidagi pozitsiyasida «Pion» zambaragi ustida dam olayotgan ukrain harbiylari.
Stanislav Kozliuk / EPA / Scanpix / LETA
«Nastyadan Xersonga» yozuvi tushirilgan ukrainlar snaryadi.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
2S7 «Pion» o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochayotgan Ukraina harbiylari.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ujgorodda sovet davri yodgorliklari buzib tashlanishi 

Ukrainaning Slovakiya bilan chegaradosh bo‘lgan shahri Ujgorodda sovet askarlariga o‘rnatilgan yodgorlik «snos» qilindi. Oblast rahbari Viktor Mikitaning aytishicha, uning o‘rnida Ukraina qahramonlari — Karpatortidagi 128-shturmchi brigada jangchilari sharafiga yodgorlik o‘rnatilishi mumkin.
Serhii Hudak / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari demontaj qilingan haykalni ko‘zdan kechirmoqda.
Serhii Hudak / Reuters / Scanpix / LETA

Shon Penn Zelenskiyga o‘z «Oskar» haykalchasini tuhfa etishi

Aktyor Shon Penn urush boshlanganidan buyon uchinchi bor Kiyevga keldi. U Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi va unga o‘z «Oskar» haykalchasini sovg‘a qildi — Penn butun faoliyati davomida ikki bor qo‘lga kiritgan — «Sirli daryo» va «Xarvi Milk» filmlaridagi rollari uchun. Aktyor sovg‘ani Ukraina g‘alabasiga umid va ishonch ramzi deb atadi. Bunga javoban Zelenskiy o‘zi filmlarda suratga tushgan paytlar «Oskar» uning orzusi bo‘lganini aytdi, shuningdek, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun Pennni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirladi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA

Kiyevda qorong‘ilikda ishlayotgan Bessarabiya bozori

Bessarabiya bozori Kiyev markazida, shaharning asosiy ko‘chasi hisoblangan Kreshchatika ko‘chasining g‘arbiy chetida joylashgan. Ukraina poytaxtida rejali o‘chirishlar davom etmoqda. Rossiya tomonidan yoppasiga raketa zarbalari berilishi oqibatida mamlakat energetika infratuzilmalarining 40 foizi vayron qilingan yoki shikastlangan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Kiyevlik qorong‘ilikda xarid qilmoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Bessarabiya bozorida oziq-ovqat mahsulotlari bo‘limi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid