Jahon | 18:48 / 15.11.2022
9628
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Polina Gagarina konserti bekor qilindi, xonanda urushni qo‘llab-quvvatlagandi

Konsertning bekor qilinishiga qozog‘istonlik faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi keskin noroziligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: TASS

Rossiyalik xonanda Polina Gagarinaning Qozog‘istondagi konserti bekor qilindi. Bunga urushni qo‘llab-quvvatlovchi xonandaning mamlakatga kelishiga ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirilgani sabab bo‘ldi.

Gagarinaning «Obezorujyena» nomli gastroli doirasidagi konserti 14 noyabr kuni Olmaotada bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq, bu haqda e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, ijtimoiy tarmoqlarda «mashhur Z-artistni Qozog‘istonga taklif qilgan» tashkilotchilarni tanqid qiluvchi postlar paydo bo‘ldi.

Konsertning bekor qilingani rasmiy ravishda hali e’lon etilmadi. Biroq, uning anonsi Gagarinaning rasmiy veb-saytidan, konsert tashkilotchisi veb-saytidan va yirik chipta agentliklari veb-saytlaridan yo‘qolgan.

Polina Gagarina Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini ochiq qo‘llab-quvvatlaydi. 25 fevral kuni u Nikolay Baskovning bosqinni qo‘llab-quvvatlovchi, «tinchlikni saqlash operatsiyasi» va «o‘zini himoya qilish» deb atagan postiga «layk» bosdi. Shuningdek, mart oyi o‘rtalarida Moskvada o‘tkazilgan Qrim annexiasiga bag‘ishlangan konsertda qatnashdi.

Mavzuga oid