O‘zbekiston | 12:45 / 07.12.2022
3304
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya O‘zbekistonga turk ziyoratchilari uchun turpaketlar ishlab chiqish tashabbusini bildirdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Turkiya Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (Diyanet, qarorgohi Makka shahrida) Umra va quddus ziyoratlari bo‘limi boshlig‘i Muhammad Zeyd Ozel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz

Uchrashuvda O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, respublikada mehmonxona xo‘jaligini takomillashtirish doirasida xorijiy investorlarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar, O‘zbekiston iqtisodiy va sayyohlik salohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Muhammad Zeyd Ozel turkiyalik sayyohlar uchun Samarqand va Buxoro shaharlari qadimiy obidalariga, Imom Buxoriy majmuasi va Naqshbandiy maqbarasiga ziyoratlarni tashkil etish orqali o‘zaro hamkorlik masalasiga qiziqish bildirdi. U «ziyorat turizmi» yo‘nalishida O‘zbekiston tegishli tashkilotlari bilan munosabat o‘rnatish va tegishli bitimni imzolashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Turkiya vakili O‘zbekistondagi eng yirik turistik kompaniyalar bilan ham aloqalar o‘rnatgan holda turk ziyoratchilari uchun kerakli turpaketlarni ishlab chiqish tashabbusini bildirdi.

Mavzuga oid