Bir oy oldin Turkiya janubi-şarqidagi Diyorbakir viloyati markaziga yaqin joylaşgan Tavşantepa qişloği haqida deyarli heç kim bilmasdi. Bu qişloqda 21 avgust kuni sakkiz yoşli Narin Gyuran yöqolib qolgaç, vaziyat butunlay özgardi. 19 kundan söng qizaloqning jasadi topildi. Bu jinoyat butun Turkiyani larzaga soldi va voqeaga keng jamoatçilik e’tiborini qaratdi, deb yozmoqda DW naşri.

Şu vaqt içida Narinning ba’zi yaqin qarindoşlari qotillikda gumon qilinib hibsga olindi. Lekin qişloqda jimjitlik hukm surmoqda, heç kim deyarli heç narsa demaydi, şubhali narsalarni körgan yoki eşitgani haqida aytmaydi. Bu esa butun mamlakatda norozilik uyğotmoqda.

Qabriston ziyoratgohga aylandi

Tavşantepaga şu atrofdagi daryo suvi bilan suğoriladigan, qalin ösgan makkajöxori dalalaridan ötuvçi birgina yöl olib boradi. Narinning qopga yaşirilgan jasadi aynan şu daryoning qirğoğidan topilgan. Yöl qişloq markaziga yetmasdan kiçik bir qabriston yonidan ötadi. Odatda bu yer jim-jit bölardi. Biroq endi har kuni yuzlab odamlar halok bölgan qizaloqning qabriga taşrif buyurmoqda. Qabr bolalar çizgan rasmlar, gullar va yumşoq öyinçoqlar bilan qoplangan. Narining qabri ustida Turkiya bayroği hilpiraydi, oyoq tomoniga esa zaytun daraxti ekilgan.

Foto: Felat Bozarslan/DW

Qabristonda sakkiz yoşli qizga hamdardlik bildiruvçi yuzlab guldastalar bor. Odamlar duo qiliş, Qur’on suralarini öqiş yoki Naringa nisbatan sodir etilgan jinoyatga öz nafratini izhor etiş uçun kelmoqda. Butun Turkiyadagi kabi bu yerga taşrif buyurganlarning barçasi qizaloqni kim va nima sababdan öldirganini bilişni istaydi.

“Nahotki butun qişloqda heç kim heç narsani bilmasa? Kimdir sukutni buzib, bizga nima bölganini aytib berişi kerak. Bu begunoh bolani öldirganlar eng oğir jazoga tortilişi kerak”, — dedi diyorbakirlik Ahmad Oydin.

Tavşantepaga Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunç taşrif buyurgan, prezident Rajab Toyyib Erdöğan esa voqea yuzasidan tuşuntiriş berişni va’da qilgan. Ular aybdorlar eng oğir jazoga tortilişiga işontirmoqda.

“Hammamiz gumondormiz”

Qişloqning bir neçta köçalarida jandarmeriya bölinmalari ötgan-ketgan kişilarning har birini tekşirmoqda. Mahalliy aholi közga taşlanmaydi. Aytişlariça, ayrim aholi fojiadan söng qişloqni allaqaçon tark etgan. Narin yaşagan uy va uning atrofidagi hudud puxta qöriqlanmoqda.

Foto: Hozan Adar/DW

Sud-tibbiy ekspertizasi hali yakunlanmagan. Tergovçilar bola aynan şu yerda öldirilgan deb gumon qilmoqda — jinoyatçi oila a’zolariga yaqin odam bölişi mumkin. Gyuranning uyi hozir böm-böş, unda yaşovçilarning ba’zilari qayerdaligi noma’lum. Aytişlariça, vaqti-vaqti bilan uyga qandaydir odamlar kelib, u-bu narsa olib ketadi.

Umummilliy ğazabning asosiy sabablaridan biri: 550 ga yaqin kişi yaşaydigan butun qişloq qat’iy sukut saqlamoqda. DW muxbiri Tavşantepadan ötayotgan, anonimlik şarti bilangina savollarga javob berişga zörğa rozi bölgan bir qariyani uçratdi. Suhbatdoş Narin oilasiga nisbatan adolatsizlik qilinayotganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, butun qişloq umumiy şubha ostida qolgani uçun hamma taşvişda: “Hammamiz gumonlanuvçilarmiz. Biror narsa bilgan odam hukumatga haqiqatni aytişi şart”.

“Oila kengaşi yiğilib, hammasini sir tutişga qaror qilgan”

Narinning öldirilişini tergov qiliş doirasida 300 ga yaqin odam söroq qilindi. Oilaning bir neçta a’zolari, jumladan, qizning onasi va akasi gumonlanuvçi sifatida hibsda. Hozirda hammasi bölib ön ikki kişi hibsga olingan, ular orasida Tavşantepa oqsoqoli, Narinning toğasi ham bor. Uning maşinasidan halok bölgan qizning DNK izlari topilgan. Tergov organlarining fikriga köra, Narinning öldirilişida yoki heç bölmaganda uning jasadini gumdon qilişda toğasining şaxsan iştiroki bölgan — aytişlariça, oila kengaşi uning jasadini kömiş kerak degan qarorga kelgan.

Sud-tibbiyot ekspertlarining fikriga köra, qizaloq böğib öldirilgan. DW tergov guruhi a’zolaridan biri bilan suhbatlaşganda, u butun qişloq sodir bölgan voqeadan xabardorligini ma’lum qildi. “Narin qişloqda kutilmagan hodisa oqibatida halok bölgan, biz uning nima ekanini hali bilmaymiz. Şundan söng oila kengaşi yiğilib, barça tafsilotlarni sir saqlaşga qaror qilgan. Bu sukunatning sababi ham aynan şu”, — deb ta’kidladi naşr suhbatdoşi.

Uning hamkasblaridan biri qöşimça qildi: “Yöqolgan Narinni qidirayotganimizda, qişloqdagi hamma uning öldirilganini bilardi. Oila buni sir tutardi. Qizaloqning jasadi hali topilmagan paytadyoq biz uni öldirişgan deb gumon qilgandik. Taxminimiz Narin oilasining ayollari uy oldida töplanib, çuqur motam bilan Qur’on öqiganlarida tasdiqlandi”.

Narin nima uçun öldirilgani haligaça noma’lum. Tergov davom etmoqda. Hozirça faqat toğasining dösti jasadni daryo böyiga kömganini tan oldi. Boşqa hibsga olinganlarning heç biri heç qanday bayonot bermadi, gumon qilinuvçilar ularga qarşi qöyilgan barça ayblovlarni rad etmoqda.

Foto: Felat Bozarslan/DW

“Turkiya murakkab vaziyatga duç keldi. Jinoyatçi jabrlanuvçining oilasi va uning yaqin ijtimoiy muhiti himoyasida”, — deydi kriminalist va Mersin universiteti qoşidagi Bolalarni himoya qiliş markazi direktori Xalis Dokgyoz.

Bu hududdagi hayot, qoida tariqasida, an’anaviy konservativ bölib, qabilaviy tuzilmalar va an’analarga asoslangan. Dokgyozning sözlariga köra, bunday jamoalarda bolalar köpinça “obektivlaştiriladi” va ularning ölimi muhim ahamiyat kasb etmaydi: “Bunday hollarda jinoyatçi odatda bola taniydigan odam bölib çiqadi”.

Turkiya hukumati halok bölgan va bedarak yöqolgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilmaydi

Narinning ölimi yagona hodisa emas. Turkiya Bolalar huquqlarini himoya qiliş markazi (FISA) ma’lumotlariga köra, sönggi ikki yarim yil içida mamlakatda kamida 64 nafar bola öldirilgan, köpinça — oiladagi zöravonlik oqibatida. Markaz ma’lumotlarni oçiq manbalardan oladi. 2016 yildan beri Turkiya hukumati halok bölgan yoki bedarak yöqolgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilmaydi. Sönggi e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2008 yildan 2016 yilgaça butun Turkiya böylab 104 531 nafar bola bedarak yöqolgan. Bugungi kunda nafaqat bu raqam qançaga köpaygani, balki bu bolalardan neçtasi tirik yoki ölik topilgani ham noma’lum.

Mutaxassislar bu borada şaffoflik va profilaktika yölga qöyilmaganini tanqid qilib, davlat organlarini bedarak yöqolgan bolalar haqida muntazam ma’lumot töplaşga va uni e’lon qilişga çaqiradi.

“Muammoning yeçimini siyosiy darajada ilgari suriş uçun bizga ma’lumotlar kerak”, — deydi FISA eksperti Ezgi Koman. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bola huquqlari böyiça qömitasi ham köp yillardan buyon Turkiya hukumatini tegişli ma’lumotlarni taqdim etişga çaqirmoqda.

Foto: Anka

“Xavfsiz dunyo, bolalar uçun xavfsiz hayot”: butun Turkiya böylab namoyişlar bölib ötmoqda, ularning iştirokçilari Narinning ölimida aybdor bölganlarni qattiq jazolaşni talab qilmoqda.

“Agar ular bu ma’lumotlarga egalik qilib, lekin yaşirayotgan bölsa, bu ularning javobgarlikdan qoçiş istagini bildiradi. Yoki vaziyat qançalik jiddiyligini yaşirmoqçi bölişyapti. Yoxud bolalarga tupurib qöyişgan”, — deb taxmin qildi Koman. DW Turkiya Oila işlari vazirligi va Markaziy statistika boşqarmasiga sörov yuborgan, ammo hozirça ulardan javob olinmagan.

Bundan taşqari, Turkiya muxolifati hukumatga parlament sörovi yubordi, ammo unga ham javob bölmadi, ön beş kunlik muddat 19 sentabr kuni tugadi. Jumladan, muxolifat 2016 yildan beri mamlakatda qança bola bedarak yöqolganini bilmoqçi. Ulardagi ma’lumotlarga köra, bunday bolalar soni 10 000 dan oşadi. Muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasidan siyosatçi Burxanettin Bulut bu sohada şaffoflikning yöqligi hukumat uçun “şarmandalik” ekanini aytdi.

“Bolalar öz huquqlarini bilişlari kerak”

Agar ma’lumotlar mavjud bölganda edi, deb ta’kidlaydi kriminalist Xalis Dokgyoz, sud-tibbiyot ekspertlari, ijtimoiy xodimlar, psixologlar va politsiya xodimlari bunday jinoyatlarning oldini oliş uçun profilaktik çoralarni işlab çiqa olardi.

“Hozirgi vaqtda biz heç narsani bilmaymiz. Faqat hodisa jamoatçilikka ma’lum bölgandan keyingina uni kuzatib boramiz. Bu paytda esa faqat “Qotil kim?” degan savolga e’tibor qaratamiz. Bu notöğri”, — deydi Dokgyoz. Uning fikriça, bunday holatlarning oldini oliş böyiça uzoq muddatli qarorlarni işlab çiqiş uçun hokimiyatda motivatsiya yetişmaydi.

Bolalar huquqlari himoyaçilari tarmoği koordinatori Şohin Antakyalioğlu ham bu fikrga qöşiladi. Uning ta’kidlaşiça, barça ma’lumotlarni öz içiga olgan keng ommaga möljallangan xabardorlik tizimi va bolalarni himoya qiliş böyiça “asosiy, yeçimga qaratilgan siyosat” zarur. Bu siyosat, jumladan, şahar yoki qişloqda yaşaşidan qat’i nazar, barça bolalar murojaat qila oladigan “işonç telefoni”ni öz içiga olişi kerak. Bundan taşqari, “bolalarga öz huquqlarini örgatadigan ta’lim tizimi” ham zarur.

Koordinatorning aniqlik kiritişiça, agar bola öz huquqlari haqida heç narsa bilmasa, unga bu huquqlarni berişdan ma’no yöq.

“Bolalarga kimdir ularga tegsa, qayerga murojaat qiliş kerakligini örgatyapmizmi? Biz bu narsalarni maktabgaça ta’lim muassasalaridan boşlab örgatişimiz lozim. Bolalar kimdir ularni biror narsaga majburlayotganini farqlay olişi kerak”, — deb ta’kidlaydi Antakyalioğlu. U hukumat bu qadamlarni amalga oşirmagunça, sakkiz yoşli Narinning halokati kabi voqealar turk jamiyatini muntazam larzaga solişidan xavotirda.