18:13 / 14.01.2023
6765

O‘zbekistonda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida sodir bo‘lgan o‘lim holatlari soni ma’lum qilindi

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida sodir bo‘layotgan o‘lim holatlari miqdori oshib bormoqda.

2022 yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida sodir bo‘lgan o‘lim holatlari soni 229 tani tashkil qiladi. Bu haqda Kun.uz Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

O‘lim holatlari yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 194 nafar, ma’muriy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 121 nafarga teng.

2018 yildan boshlab taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim holatlari soni oshib borayotgani kuzatilmoqda. Misol uchun, 2018 yilda bunday holatlar soni 182 tani, 2019 yilda 199 tani, 2020 yilda 200 tani, 2021 yilda 238 tani tashkil qilgan.

Top