Xitoy poytaxti Pekin şahrida iştirokçi davlatlar vakillari tomonidan Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi loyihasini amalga oşiriş böyiça "Yöl xaritasi" imzolangan.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 7 iyun kuni Pekin şahrida Özbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov, Qirğiziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tikebayev hamda “Xitoy temir yöllari” davlat korporatsiyasi boş muhandisi örinbosari Tszyuy Gotszyan örtasida işçi uçraşuv bölib ötgan.

Uçraşuvda uç mamlakat transport vazirliklari hamda temiryöl ma’muriyatlari rahbarlari Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi böyiça 6 iyun kuni imzolangan hukumatlararo bitimda belgilangan vazifalarni amalga oşiriş hamda loyihani moliyalaştiriş mexanizmlarini muhokama etişgan.

Muhokamalar yakuniga köra Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi loyihasini amalga oşiriş böyiça "Yöl xaritasi" hamda işçi guruhni tuziş töğrisidagi memorandum imzolangan.

Mazkur hujjatlar “Özbekiston temiryöllari” AJ boşqaruv raisi Zufar Nazrullayev, “Kyrgyz temir jolu” MK davlat korxonasi Boş direktori Azamat Sakiyev hamda “China Railway Corporation” boş direktori Çjou Sin tomonidan imzolangan.

Ma’lumot uçun, 2024 yil 6 iyun kuni Pekinda Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi böyiça bitim imzolangandi.

Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli qurilişi joriy yil oktyabr oyida boşlanişini aytgandi.