O‘zbekiston | 19:44 / 08.02.2023
10022
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 7 yillik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

2022 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 15,3 mlrd kVt⋅soatga yoki 25,9 foizga ko‘paygan.

Foto: KUN.UZ

Energetika vazirligi O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishning 7 yillik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. 2022 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 15,3 mlrd kVt⋅soatga yoki 25,9 foizga ko‘paygan.

2016-2022 yillarda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari:

  • 2016 yil - 59,0 mlrd kVt⋅soat;
  • 2017 yil - 60,7 mlrd kVt⋅soat;
  • 2018 yil - 62,8 mlrd kVt⋅soat;
  • 2019 yil - 63,6 mlrd kVt⋅soat;
  • 2020 yil - 66,4 mlrd kVt⋅soat;
  • 2021 yil - 71,3 mlrd kVt⋅soat;
  • 2022 yil - 74,3 mlrd kVt⋅soat.

2022 yilda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi 2016 yilga nisbatan 16,7 mlrd kVt⋅soatga yoki 36,5 foizga ko‘paygan.

2016-2022 yillarda O‘zbekistonda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari:

  • 2016 yil - 45,7 mlrd kVt⋅soat;
  • 2017 yil - 47,4 mlrd kVt⋅soat;
  • 2018 yil - 50,5 mlrd kVt⋅soat;
  • 2019 yil - 52,7 mlrd kVt⋅soat;
  • 2020 yil - 55,8 mlrd kVt⋅soat;
  • 2021 yil - 59,1 mlrd kVt⋅soat;
  • 2022 yil - 62,4 mlrd kVt⋅soat.

Mavzuga oid