O‘zbekiston va Fransiya 15 yil oldin amal qilish muddati tugagan bitimni yangilamoqchi
O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Fransiya huquq himoyachisi o‘rinbosari, mediatsiya bo‘yicha bosh delegat Daniyel Agasinski o‘rtasida onlayn-uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqotda Fransiyaning Inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi vakolatli organlarining tajribasini o‘rganish, ular bilan hamkorlikni mustahkamlash, Fransiya huquq himoyachisi instituti tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 2008 yil iyunida O‘zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida bitimni amal qilish muddati tugaganligi sababli bitimni yangilash taklifi ilgari surildi.
Daniyel Agasinski o‘z tajribasini o‘zbek hamkasblari bilan bo‘lishishga tayyor ekanligini bildirib, kelgusida tashriflar almashuvini amalga oshirish, ma’lumot va tajriba almashish taklifini berdi.
Uchrashuv yakunida yaqin kunlarda ikki davlat ombudsmanlari o‘rtasida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
23:37 / 14.09.2024
Olimlar 50 ming yil g‘orda izolyatsiyada yashagan neandertallar qoldiqlarini topdi
15:24 / 12.09.2024
Telegram Fransiya politsiyasining so‘rovlariga javob berishni boshladi – Liberation
09:28 / 06.09.2024
Konservator Mishel Barne Fransiyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi
19:35 / 31.08.2024