Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 73 yoşli konservativ siyosatçi Mişel Barneni mamlakat boş vaziri lavozimiga tayinladi. «U unga mamlakat va fransuz xalqiga xizmat qiladigan birlaştiruvçi hukumat tuzişni topşirdi», — deya xabar berdi Yelisey saroyi matbuot xizmati 5 sentabr, payşanba kuni.

Tayinlov davlat rahbari va Fransiyadagi asosiy siyosiy kuçlar vakillari örtasida «misli körilmagan köp maslahatlaşuvlar»dan söng amalga oşirildi. Le Figaro gazetasining ta’kidlaşiça, Barne zamonaviy tarixdagi eng yoş, 35 yoşli Gabriel Attalning örniga Fransiya vazirlar mahkamasi eng keksa rahbari böldi.

Hukumat va Yevropa Ittifoqi tuzilmalarida iş tajribasi

Mişel Barne öng markazçi Respublikaçilar partiyasi vakili. Siyosiy faoliyati davomida u Fransiyada ham, Yevropa Ittifoqi tuzilmalarida ham turli rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2016 yildan 2019 yilgaça u Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişi şartlari böyiça muzokaralarga rahbarlik qilgan.

2021 yilda Barne Respublikaçilar partiyasidan prezidentlik saylovlarida iştirok etiş uçun öz nomzodini taklif qildi, ammo partiya içidagi ovoz berişning birinçi bosqiçida mağlub böldi.

Fransiyada saylovlar va Attalning iste’fosi

Gabriel Attal iyul oyida, prezident Makronning markazçi bloki ikkinçi örinni egallagan va Milliy assambleyadagi köpçilikni yöqotgan navbatdan taşqari parlament saylovlari natijalari ma’lum bölganidan köp ötmay, iste’foga çiqiş haqida ariza bergan edi.

Saylov natijalariga köra birinçi örinni 182 deputatlik mandatiga ega bölgan «Yangi xalq fronti» söl qanot koalitsiyasi egalladi. Prezidentning «Respublika uçun birga» koalitsiyasi parlamentda 168 öringa ega. Respublikaçilar partiyasidagi ittifoqçilari bilan öng qanot Milliy miting partiyasi 143 örinni qölga kiritdi. Palatada mutlaq köpçilik bölişi uçun partiya 289 öringa ega bölişi kerak.