Nogironligi bo‘lgan bolaga nafaqa murojaat qilinganligidan qat’i nazar tayinlanishi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi.
Quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga;
- davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
- davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga;
- davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga.
Quyidagi nafaqalar tayinlanadi:
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
- parvarishlash nafaqasi;
- nogironlik nafaqasi;
- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
- yoshga doir nafaqa.
Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamg‘armasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi. DXM ma’lumot olingandan so‘ng 5 daqiqa ichida nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan bank filiali orqali to‘lanadi.
Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay to‘lanadi. Nafaqa oluvchi O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda, nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa to‘lash avvalgi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
Mavzuga oid
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024
Germaniyada fuqarolik nafaqalarini olish qoidalari qat’iylashtiriladi
15:15 / 27.09.2024