Jahon | 20:51 / 20.04.2023
9310
2 daqiqa o‘qiladi

G7 davlatlari Rossiyaga deyarli barcha eksportni taqiqlashni rejalashtirmoqda - Bloomberg 

Ruxsat etilgan mahsulotlar ro‘yxati, ehtimol, faqat tibbiy va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘lishi mumkin. 

Foto: Reuters

AQSh va Ukrainaning boshqa asosiy ittifoqchilari Rossiyaga deyarli barcha tovarlarini eksport qilishni taqiqlamoqchi, deb yozdi Bloomberg. 

Nashr manbalariga ko‘ra, bu g‘oya «Katta yettilik»ka kirgan davlat hokimiyati vakillaridan iborat guruhda muhokama qilinmoqda. May oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarni ushbu tashabbusga jalb etish rejalashtirilgan. 

Agar bu taklif qabul qilinsa, u Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini butunlay o‘zgartiradi. Ya’ni, faqat ma’lum tovarlar eksportiga ruxsat beriladi, qolganlari esa taqiqlanadi. Ruxsat etilgan mahsulotlar ro‘yxati, ehtimol, tibbiy va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘lishi mumkin. 

Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlarining bu mamlakatga eksportini deyarli yarmiga qisqartirdi. Shunga qaramay, Rossiya hanuz Yevropa, AQSh, Kanada va Yaponiyadan 66 milliard dollarlik mahsulot olmoqda. O‘z navbatida, Rossiya Yevropa Ittifoqiga eksportini cheklab qo‘ydi va vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi yetkazib bermoqda. 

Mavzuga oid