«Tolibon» Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyoga hech qanday tahdid yo‘qligini ma’lum qildi
Toliblarning bu bayonoti Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ekstremistik guruhlar Afg‘oniston shimolida o‘rnashib, Markaziy Osiyoga tahdid tug‘dirayotgani haqidagi iddaosiga qarshi yangradi.
Afg‘oniston «Tolibon» harakatining rasmiy vakili Zabihullo Mujohid so‘zlariga ko‘ra, Kobul hech kimga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat bermaydi. Uning so‘zlarini TASS keltirdi.
Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston rahbariyati nafaqat mamlakatda, balki mintaqada ham xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shadigan siyosat olib bormoqda, Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyo davlatlariga hech qanday tahdid yo‘q.
Zabihullo Mujohid bu so‘zlarni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Afg‘onistonda ildiz otgan radikal guruhlar mintaqa xavfsizligiga asosiy tahdid ekanligi haqidagi bayonotiga izoh sifatida aytdi.
«Rossiya hukumati amaldorlari tushunishi kerakki, so‘nggi ikki yil davomida Afg‘onistondan mintaqa davlatlari va butun dunyo uchun hech qanday xavfsizlik tahdidi bo‘lmagan. Har qanday holatda ham Afg‘oniston IShID qoldiqlarini to‘liq qat’iyat bilan yengishga muvaffaq bo‘ldi», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston mintaqada nafaqat xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaydi, balki «iqtisodiy yo‘naltirilgan tashqi siyosati orqali mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka hissa qo‘shadi».
Tolibon vakilining ta’kidlashicha, Kobul hech kimga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat bermaydi. Shuningdek, «boshqa davlatlar, ayniqsa, mintaqada joylashgan davlatlar buzg‘unchi niyatda bo‘lganlarning Afg‘onistonga kirishiga yo‘l qo‘ymasligini kutadi».
28 aprel kuni Sergey Shoygu Hindistonda bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyat keskinlashishi mumkinligini va asosiy tahdid ko‘p sonli radikal ekstremistik guruhlardan ekanini, ular Afg‘oniston shimolida mustahkam o‘rnashib, qo‘shni respublikalarda o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun harakatlarini kuchaytirayotganini iddao qilgan edi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024