Malayziya O‘zbekistondan zargarlik mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatini o‘rganmoqda
«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va Malayziyaning Rafahia Holdings Berhad kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar zargarlik mahsulotlarini mamlakatdan eksport qilishda bojxona bojlari, transport logistika xizmatlari, zargarlik bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Malayziya tomoni zargarlik mahsulotlarini xarid qilishda «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida Rafahia Holdings Berhad kompaniyasi rahbariyatining mamlakatga safarini tashkil etish va tashrif davomida zargarlik korxonalari faoliyati bilan tanishish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
23:39 / 26.08.2024
Malayziyada noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashgan harbiy kema cho‘kib ketdi
09:16 / 22.08.2024