Qişloq xöjaligi vazirligi xabariga köra, Malayziyaning Meraque Group Snd Bhd kompaniyasi direktori I.Li bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi böyiça hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, hamkorlikning har ikki tomon uçun ham birdek manfaatli yönalişlari amalga oşiriladigan loyihalar böyiça takliflar örtaga taşlandi.

Tomonlar örtasida Malayziya kompaniyasining boğlarga işlov beruvçi, dalalarga öğit sepuvçi “aqlli” minitexnikalari hamda aynan qişloq xöjaligida işlatiş uçun möljallangan maxsus dronlarini Özbekiston qişloq xöjaligiga joriy etiş masalalari ham muhokama etildi.


 
Uçraşuv söngida kompaniya tomonidan kiçik hajmdagi aqlli qişloq xöjaligi texnikalarini Özbekistonda işlab çiqariş tizimini Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş ilmiy-tadqiqot instituti hududida yölga qöyiş böyiça loyihani amalga oşiriş masalalarini körib çiqişga kelişib olindi.