Prezident qarori bilan 2022 – 2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
![](https://storage.kun.uz/source/9/vSGWd83hmpefVkhPXpRzxxEMO6fk26hv.jpg)
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Unga ko‘ra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:
- ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
- davlat budjeti mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari;
- homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari mablag‘lari.