13:55 / 19.06.2023
7836

XDP volontyorlik guruhlari Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturini targ‘ib qilyapti

Foto: XDP

Targ‘ibot ishlari maxsus shoxobchalarda ham faol olib borilmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faollaridan iborat volontyorlik guruhlari partiyadan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning dasturini keng targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini faol olib bormoqda.

Xususan, respublikaning barcha hududlarida maxsus shoxobchalar tashkil etilgan bo‘lib, nomzod dasturidagi muhim taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati saylovchilarga tushuntirilib, targ‘ibot vositalari tarqatilmoqda.

Shu bilan birga, partiya fuqarolarni saylovda faol bo‘lishga chaqirgan.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati

Top