2023 yil 12 may kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşining navbatdan taşqari plenumi bölib ötdi.
Plenumda 2023 yil 9 iyul kuni ötkazilişi belgilangan Özbekiston prezidenti saylovida Özbekiston Xalq demokratik partiyasining iştiroki töğrisida masala muhokama etildi.
Özbekiston prezidentligiga partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Uluğbek Inoyatov nomzodi partiyaning qurultoyida körib çiqiş uçun ma’qullandi.
Ma’lumot uçun, Uluğbek Inoyatov partiyaga 2019 yildan buyon rahbarlik qilib keladi. 2021 yil oktyabridagi prezidentlik saylovlarida partiyadan Maqsuda Vorisova nomzod bölgan va 6,63 foiz bilan ikkinçi örinni egallagandi.
Bundan avvalroq Özbekiston Ekologik partiyasi öz rahbari Abduşukur Hamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida körsatişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.













