08:25 / 05.07.2023
3325

O‘zbekiston va Malayziya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston va Malayziya TIV rahbarlari Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi va tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatga tashrif bilan kelgan Malayziya tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir bilan uchrashdi.

«Toshkent shahrida Malayziya tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. –O‘tkazgan samarali muloqotimizda mamlakatlarimiz o‘rtasida kashf etilmagan keng imkoniyatlarni ko‘rib chiqdik». 

O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. 

«Uchrashuvimiz kun tartibi keng ko‘lamli bo‘lib, undan har tomonlama hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy diplomatiyani ustuvor yo‘nalish sifatida jadallashtirish, turizmni rivojlantirish, munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda mintaqaviy va global miqyosdagi masalalar ham o‘rin oldi», deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Top