Özbekiston Malayziyaning Petroliam Nasional Bhd (Petronas) kompaniyasi bilan hamkorlikda gazni qayta işlaş böyiça ikkita yirik loyihani amalga oşirişni rejalaştiryapti. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Malayziyaning neft va kimyo sohasidagi eng katta Petronas kompaniyasi bilan ikkita yirik loyihani amalga oşirişga kelişib oldik. Birinçisi MTO texnologiyasi asosida gazni çuqur qayta işlab, undan polimer işlab çiqariş loyihasi böladi. Ikkinçisi gazdan “yaşil” ammiak işlab çiqariş loyihasi. Hozirda Yevropa, AQŞ kabi davlatlarda yaşil öğitlarga juda katta talab bor. Şuning uçun, bu iqtisodiyotimiz uçun juda ahamiyatli loyihalar”, dedi Laziz Qudratov.
Uning qöşimça qilişiça, özaro hamkorlik asosida Sirdaryo viloyatida IT sohasida qöşma korxona va öquv markazi ham taşkil qilinadi.
Eslatib ötamiz, Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim ötgan hafta Toşkentga taşrif buyurdi, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bu taşrif ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa oçişini ta’kidladi.
Ma’lumot uçun, Petronas kompaniyasi oldin ham Özbekiston gaz sanoatida işlagan. Xususan, Malayziya kompaniyasi Özbekiston hukumati bilan Ustyurt mintaqasi Urga, Quaniş va Akçalak guruhi konlarini özlaştirişda mahsulot taqsimlaş hamda Surxondaryo viloyatidagi Boysun investitsion bloki konlarini özlaştiriş böyiça mahsulotni taqsimlaş töğrisidagi kelişuvlarga ega bölgan. Ammo, kompaniya 2013 yil örtalarida mazkur kelişuvlardan çiqqan va keyingi yil Özbekistondagi vakolatxonasini yopgan.








