O‘zbekiston | 12:03 / 06.07.2023
5658
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi

Sloveniya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi.

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Sloveniya Respublikasi hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 

Mazkur bitim 2023 yil 8 fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Mavzuga oid