Sloveniyaning Italiya çegarasi yaqinida joylaşgan Nova Goritsa şahridagi quriliş maydonçasida Ikkinçi jahon uruşidan qolgan, oğirligi 104 kilogramm bölgan portlamay qolgan bomba topildi va zararsizlantirildi.
Fuqarolik mudofaasi boşqarmasi vakili Sreçko Sestanning sözlariga köra, bu quriliş maydonida birinçi marta öq-dorilar topilayotgani yöq. Ilgari bu yerda uruşdan qolgan yana yettita bomba topilgan edi. U uşbu joydagi xavfli topilmalar bilan boğliq hodisalar şu voqea bilan yakunlanişiga umid bildirdi.
Katta öq-dorining yöq qiliş munosabati bilan xavfsizlik nuqtayi nazaridan Sloveniya va Italiya tomonidan yaqin atrofdagi hududlardan 5 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.
Tarixçilarning fikriga köra, Ikkinçi jahon uruşi paytida Sloveniya hududiga 60 mingga yaqin bomba taşlangan, ulardan 6 mingtasi hali topilmagan va zararsizlantirilmagan.












