11:05 / 19.07.2023
2908

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar yangi raqam orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin

Ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Ko‘plab abituriyentlar tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

Endilikda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil davlat OTMlarining bakalavriatiga quyidagicha miqdorda talaba qabul qilinadi: 

  • kunduzgi — 127 259 nafar;
  • sirtqi — 49 078 nafar;
  • kechki — 11 125 nafar;
  • masofaviy — 2 825 nafar.
Mavzu
Qabul-2023
2022/23 o‘quv yili uchun ixtisoslashgan va prezident maktablari, kollejlar, texnikumlar, bakalavriat va magistraturaga qabul hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangiliklar.
Barchasi
Top