Jamiyat | 12:54 / 26.03.2024
14633
2 daqiqa o‘qiladi

Telefon sotish haqidagi yolg‘on e’lon orqali fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 

E’lonlar platformasida "iPhone X sotaman" deya o‘zganing pul mablag‘larini uxlatgan yigit qo‘lga olindi.

Illyustrativ foto: Mashable

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 33 yoshli Sh.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1 300 000 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi 23 yoshli S.Yu. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, S.Yu. platformada “iPhone X sotiladi” deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi Sh.S. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali oldindan 1 300 000 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgizib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.Yu.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid