Yevropada telefon firibgarligi bilan shug‘ullanuvchilar tarmog‘i fosh etildi
Firibgarlarning milliondan ortiq telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘yicha olti oy davom etgan tergov aprel oyi o‘rtalarida beshta davlatda tintuvlar o‘tkazilib, 20 kishi qo‘lga olinishi bilan tugadi. Gap Yevropadagi eng yirik telefon firibgarligi haqida ketyapti.

Foto: Sputnik / Vladimir Pesnya
Germaniya va bir qancha Bolqon davlatlari tergov organlari telefon firibgarlarining yirik umumevropa tarmog‘ini fosh qildi. 2 may, payshanba kuni Shtutgartdagi matbuot anjumanida Baden-Vyurtemberg federal yeri ichki ishlar va adliya vazirliklari, jinoiy ishlar bo‘yicha idorasi va Karlsruedagi Bosh prokuratura vakillarining ma’lum qilishicha, gap «ehtimol, Yevropadagi eng yirik telefon firibgarligi» haqida boryapti. Ularga ko‘ra, kamida 20 kishi qo‘lga olingan, o‘n ikkita kol-markaz tugatilgan.
Firibgarlik tarmog‘iga ulangan qo‘ng‘iroq markazlari G‘arbiy Bolqonning to‘rtta davlati va Livanda aniqlangan. Ularning xodimlari turli xil aldash usullarini qo‘llagan: o‘zini yaqin qarindoshlar, bank, militsiya yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari sifatida ko‘rsatib, jabrlanuvchilarga qandaydir uydirma qonunbuzarlik uchun jazolanishini aytgan, yutuq va’da qilgan yoki qarzni to‘lashni talab qilgan.
Baden-Vyurtemberg rasmiylariga ko‘ra, tergov 2023 yil dekabrida bank xodimi 100 ming yevrodan ortiq zararga olib kelishi mumkin bo‘lgan firibgarlikka urinishning oldini olganidan keyin boshlangan. Aniqlanishicha, qisqa vaqt ichida firibgarlarning telefon raqamlari boshqa minglab firibgarlik urinishlarida ishlatilgan.
10 million yevrolik zararning oldi olindi
Tergov guruhiga Baden-Vyurtemberg jinoyat ishlari bo‘yicha departamenti, shuningdek, Bavariya, Saksoniya va Berlin politsiya idoralari kirgan. Ularning harakatlari firibgarlikka urinishning taxminan 6 000 holatida, ya’ni bunday hodisalarning 80 foizida jami 10 million yevroga yaqin zararning oldini oldi.
Tergovchilar Germaniya bo‘ylab jinoyatchilar va qurbonlar o‘rtasidagi telefon suhbatlarini real vaqt rejimida kuzatib bordi. O‘tgan yilning dekabr oyidan buyon yuz nafardan ortiq kriminal politsiya xodimlari tun-u kun navbatchilik qilmoqda. 1,3 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar qayd etilgan bo‘lib, ba’zida jinoyatlar oldini olish uchun bir vaqtning o‘zida 30 tagacha qo‘ng‘iroqlarni nazorat qilish talab etilgan. Potensial qurbonlar ogohlantirildi. Hozirda 7500 ta firibgarlar telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘yicha tergov davom etmoqda.
18 aprel kuni Yevropol prokurori tomonidan muvofiqlashtirilgan bir qator milliy va xalqaro politsiya hamda sud organlari Albaniya, Bosniya va Hersegovina, Serbiya, Kosovo va Livandagi qo‘ng‘iroq markazlarida bir vaqtda tintuv o‘tkazdi. Ma’lumot saqlash vositalari va naqd pul musodara qilindi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
-
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 10:30
Mavzuga oid

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

13:53 / 17.01.2025
Yana UzIMEI mashmashasi: O‘zbekistonda telefonlar narxi oshadimi?

21:17 / 30.12.2024
2024 yilda odamlar 2,5 oy vaqtini smartfonga sarflagan - tadqiqot

08:58 / 12.12.2024