08:00 / 27.07.2023
4194

Oltin izlovchilar usulida faoliyatni amalga oshirishga 283 ta obekt auksionga qo‘yildi 

Oltin izlovchilar usulida faoliyatni amalga oshirishga 283 ta obekt auksionga qo‘yilgan, joriy yilda yangi 13 ta obekt auksionga chiqarildi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2023 yil yanvar-iyunda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish davlat dasturi doirasida 293 geologik loyiha bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlariga yillik rejaga nisbatan 53 foiz budjet hamda 42 foiz maxsus hisobdagi mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

Davlat dasturi doirasida yillik rejaga nisbatan 47 foiz burg‘ilash ishlari, yerusti tog‘-kon ishlari 51 foiz, yerosti tog‘-kon ishlari 46 foiz, seysmik qidiruv 56 foiz va 3D seysmik qidiruv ish hajmlari 55 foiz ko‘rsatkich bilan amalga oshirilgan.

Prognoz resurslar bo‘yicha oltin – yillik rejaga ko‘ra 46 foiz, kumush – 43 foiz, mis – 55 foiz, uran – 44 foiz, qo‘rg‘oshin – 52 foiz, rux – 51 foiz, volfram – 54 foiz, uglevodorod – 62 foizga o‘stirilgan. Neft va gazga 61 foizlik yangi istiqbolli maydon ajratilgan.

Mavzuga oid
Top