Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatsiz qazib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Qimmatbaho metall va toshlarni noqonuniy qazib olganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yerni va yer osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni noqonuniy qazib olinishiga chek qo‘yish, mazkur toifadagi qilmishlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Jumladan, foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz, shuningdek oltin qazuvchilar usulida qazib olinishiga chek qo‘yish va ushbu harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldiriladi. Foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng bir yil ichida takroran sodir etish jinoiy qilmish deb baholanishi, foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatsiz qazib olish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, mazkur yangi normalardan kelib chiqqan holda ushbu jinoyatlarning dastlabki tergov va surishtiruv organlari tomonidan tergov qilish vakolati ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalariga berilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026