Oltin quyma va esdalik tangalar narxi 16 may, payşanba kuni yangi maksimal darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Oğirligi 5 gramm bölgan oltin quyma hozirda 5,04 million sömga baholanmoqda. Bir grammning narxi 1 008 040 söm yoki ötgan kunga nisbatan 1,8 foizga qimmat.
Qimmatbaho metallning bir grammi bundan salkam bir oy avval — 17 aprelda 1 million sömdan oşib ketgandi. Özbekistonda yil boşidan buyon oltin narxi 18,9 foizga oşdi.
Markaziy bank 2018 yilda aholiga oltin tangalarni sotişni boşladi, ikki yildan söng esa ularga oltin quymalari ham qöşildi. Yakka tartibdagi xaridorlarga ma’lum şartlar asosida ularni Özbekistondan olib çiqişga ruxsat berildi.
Bu qadamlar Özbekiston iqtisodiyotining xorijiy valutaga qaramligini kamaytiriş istagi bilan izohlandi. Bundan taşqari, ekspertlarning fikriça, oltin investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi va jamğarmalarni ta’minlaşga yordam beradi.
















